“Man Siti” o‘zbek rassomining mehnatini e’tiborsiz qoldirmadi (video)
Sport
−
17 fevral 2025 28952 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘zbek rassomi Shohruh Suyunovning jamoa futbolchilari rasmini bir vaqtning o‘zida ikki qo‘li va ikki oyog‘ida chizgani aks etgan videosini o‘z Instagram sahifasiga joyladi.
Videodan ko‘rinadiki, o‘zbek rassomi “Manchester Siti” futbolchilari De Bryuyne, Xoland, Marmush, Grilish, Doku, Diash, Abduqodir Husanov va murabbiy Pep Gvardiolaning rasmini chizgan.
“Shaharliklar” Instagram sahifasi ham bu mehnatni e’tiborsiz qoldirmadi va ijtimoiy tarmoqda rassom bilan kollaboratsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, 15 fevral kuni “Manchester Siti” APL 25-turi doirasida, o‘z uyida “Nyukasl”ni qabul qilgan va yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Ushbu bahsda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025