Makgregor UFC’ga qaytishini aytdi
Sport
−
14:53 373 1 daqiqa
Ikki divizion sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor liga bilan keyingi jangiga oid muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. Bu haqda jangchi “Bloody Elbow” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men UFC bilan jang haqida muzokaralar olib bormoqdaman. Bu Oq uyda yoki uning yaqin atrofida bo‘lishi mumkin. Shu yozda qaytaman”, deydi jangchi.
2025 yil 4 iyul kuni Donald Tramp AQSHning 250 yilligini nishonlash doirasida 2026 yil 14 iyunda Oq uy hududida UFC tadbiri o‘tkazilishini e’lon qilgan. Tadbirda sakkizdan to‘qqiztagacha chempionlik janglari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli Makgregor 2021 yil iyul oyida UFC 264 musobaqasida oyog‘idan jarohat olgani sababli amerikalik Dastin Porega texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lganidan beri oktagonda jang qilmagan. Uning MMA’dagi faoliyatida umumiy hisobida 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ispaniyalik jangchi Iliya Topuriya irlandiyalik yulduz Konor Makgregorga qarshi jang qilish istagini bildirgandi.
Live
Barchasi