Madonna Rim papasini G‘azoga borishga chaqirdi

Olam

image
G‘azodagi cherkovga hujumdan so‘ng Netanyaxu Rim papasiga sim qoqdi north_east

G‘azodagi cherkovga hujumdan so‘ng Netanyaxu Rim papasiga sim qoqdi

Amerikalik qo‘shiqchi Madonna Rim papasi Leo XIV ga murojaat qilib, uni G‘azo sektoriga tashrif buyurishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 12 avgust kuni o‘zining Instagram sahifasida yozdi.

“Juda kech bo‘lib qolmasidan oldin bolalarga nur olib keling. Ona sifatida ularning azob-uqubatlariga befarq qarab turolmayman. Dunyo bolalari har birimizga tegishli. Siz ichkariga kirishi hech kim rad eta olmaydigan yagona insonsiz”, deb yozgan u.

Shuningdek, Madonna vaqt juda oz qolganini qo‘shimcha qilgan va G‘azo bolalarini qutqarish uchun gumanitar koridorlarni to‘liq ochish zarurligini aytgan. Qo‘shiqchining fikricha, siyosat vaziyatni o‘zgartira olmaydi, biroq “ong” buni uddalashi mumkin. Shu sababli u papaga murojaat qilishga qaror qilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida 2023 yilning 7 oktyabridan beri ochlik va to‘yib ovqatlanmaslik oqibatida vafot etganlar 227 kishiga yetgan. Ularning qariyb yarmi esa bolalar. Shuningdek, Isroilning G‘azodagi urushi oqibatida kamida 61 599 kishi halok bo‘ldi, 154 088 kishi yaralandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil  G‘azodagi Ash-Shifa shifoxonasi oldidagi jurnalistlar joylashgan chodirga zarba bergandi. Oqibatda Isroil armiyasi “Al Jazeera”ning taniqli jurnalisti Anas al-Sharif va uning to‘rt hamkasbini o‘ldirgan. Ular front chizig‘ini va mintaqdagi ocharchilikni yoritish bilan shug‘ullangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rim papasi Madonna G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing