“Made in Uzbekistan”. Prezidentlar sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasini borib ko‘rdi

Jamiyat

−

image

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Turkmanboshi shahrida ushbu mamlakatlarning milliy sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mazkur ko‘rgazmani borib ko‘rdi.

“Made in Uzbekistan” ekspozitsiyasida mamlakatning oziq-ovqat, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, charm-poyabzal, elektr texnikasi, kimyo, farmatsevtika, zargarlik va qurilish materiallari kabi sanoat tarmoqlari salohiyati namoyish etilgan. 

Ko‘rgazmadan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmaniston mahsulotlari ham o‘rin olgan. Ekspozitsiyalar 8 ming kvadrat metrdan ziyod maydonni egallagan.

Prezidentlar mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirib, o‘zaro tovarlar yetkazib berish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdilar.

  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing