Mahalliy qurilish uchun 2023 yil boshidan qancha sarflangani e’lon qilindi
Jamiyat
−
15 may 2023 2867 1 daqiqa
Mahalliy qurilish ishlari uchun shu yilning dastlabki uch oyida qancha trln so‘m sarflangani hamda qurilish hajmida qaysi hududning ulushi yuqori ekanligi e’lon qilindi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 27,6 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, bu 2022 yilning mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, 24,8 foizni tashkil etadi.
Jami qurilish ishlari hajmida hududlarning ulushi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3,6 %
Andijon viloyati – 4,4 %
Buxoro viloyati – 6,2 %
Jizzax viloyati – 2,4 %
Qashqadaryo viloyati – 6,1%
Navoiy viloyati – 4,3 %
Namangan viloyati – 4,7%
Samarqand viloyati – 6,3 %
Surxondaryo viloyati – 5,3 %
Sirdaryo viloyati – 2,3 %
Toshkent viloyati – 10,6 %
Farg‘ona viloyati – 6,2 %
Xorazm viloyati – 3,2 %
Toshkent shahri – 24,8 %
Shuningdek, 2023 yil 1 may holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 51 604 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich esa 2022 yilning mos davrida 47 105 tani tashkil qilgandi.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi