Lufthansa yonilg‘i narxi sabab 20 mingta reysni bekor qildi
Olam
−
22 aprel 1895 2 daqiqa
Eronda urush boshlanganidan beri aviatsiya yonilg‘isi narxining ikki baravar oshishi aviatsiya sanoatiga zarba berdi. Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi xarajatlar oshishi sababli joriy yilning oktyabr oyigacha 20 mingta qisqa masofali reyslarni bekor qilganini e’lon qildi.
O‘tgan hafta uchuvchilar va bortkuzatuvchilarning ish tashlashi tufayli yuzlab reyslarni bekor qilgan va xarajatlari oshgani sababli, o‘zining Cityline sho‘ba korxonasi faoliyatini to‘xtatishga qaror qilgan Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yana bir keskin qarorini e’lon qildi.
Shtab-kvartirasi Frankfurtda joylashgan Lufthansa guruhi bayonotida aytilishicha, Eronda urush boshlanganidan beri aviayonilg‘i narxi ikki baravar oshgan va shu sababli, oktyabr oyi oxirigacha 20 mingta qisqa masofali reys bekor qilingan. Kompaniya ushbu qaror tufayli 40 ming metrik tonna kerosin tejalishini bildirgan.
Kompaniya bayonotida aytilishicha, Lufthansa yo‘nalish tarmog‘ini qayta tashkil etish doirasida 6 ta asosiy bekatda parvozlar optimallashtirilgan. Unga ko‘ra, Germaniyadan uzoq masofaga parvoz qilayotgan yo‘lovchilar Frankfurt, Myunxen, Syurix, Vena, Bryussel yoki Rim orqali uchishga majbur. Ushbu asosiy markazlarga o‘tish orqali yo‘lovchilar global yo‘nalishlar tarmog‘iga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, Lufthansa aviakompaniyasining Frankfurtdan Polshaning Bidgosh va Jeshuv shaharlariga, shuningdek, Norvegiyaning Stavanger shahriga parvozlari to‘xtatildi. Endi Germaniyadan Lufthansa to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirgan Polsha va Norvegiya kabi mamlakatlardagi 10 ta shaharga ham faqat boshqa shaharlar orqali o‘tish mumkin bo‘ladi.
Bayonotda aytilishicha, qabul qilingan qarorlar zudlik bilan amalga oshirilgan va joriy yil may oyining birinchi kunidagi 120 ta reys bekor qilingan. Shuningdek, bayonotda, may oyi oxirigacha parvozlari bo‘lgan barcha yo‘lovchilarga qabul qilingan qarorlar haqida xabar berilgan.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel