Louis Vuitton va Tiffany o‘rtasidagi 16 milliardlik bitim jar yoqasida turibdi
Biznes
−
11 Sentabr 2020
4026LVMH kompaniyalari guruhi va Amerikaning Tiffany zargarlik tarmog‘i o‘rtasidagi eng yirik bitim muvaffaqiyatsizlikka yuz tutish ostonasida turibdi. Fransuz milliarderi va Louis Vuitton egasi Bernara Arno 16,2 milliard dollarga baholangan tarmoqni sotib olishni bekor qilish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qildi. Ushbu istiqbolli sheriklik AQSHning Fransiya va Yevropa Ittifoqi bilan tashqi savdo urushlari qurboniga aylandi.
Zargarlik kompaniyasi LVMH'ni bitim shartlarini qayta ko‘rib chiqishga va uni yanada qulay shartlarda tuzishga qaror qilganiga ishonmoqda. Bu haqda "Rambler" xabar berdi.
Bunga javoban fransuz konserni, Fransiya Tashqi ishlar vaziriga asoslanib, bitimni kamida 2021 yil 6 yanvargacha kechiktirishbni aytdi. Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Fransiya va Yevropa Ittifoqidan tovarlarga import bojlarini 25 foizga oshirish bilan tahdid qilgan edi.
LVMH uzoq vaqtdan beri Tiffany'ni sotib olish niyatida edi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, bitim tuzilgandan bir yil o‘tib, 2020 yil 25 noyabrga qadar yopilishi rejalashtirilgan edi. Endi Tiffany shartnomani buzilishidan xavotirga tushib, sudga murojaat qildi.
"Fransiya qonunchiligiga ko‘ra, Tashqi ishlar vaziri kompaniya kelishuvini buzishni majburlash huquqiga ega emas", dedi Tiffany raisi Rodjer Farax.
Konsern vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Tiffany'ning o‘zi imzolash muddatini 31 dekabrga qoldirishni so‘ragan. Brendni sotib olish to‘g‘risidagi bitim koronavirus pandemiyasi qimmatbaho tovarlarga bo‘lgan talabni kamaytirmasidan oldin imzolangan - tahlilchilar fikriga ko‘ra, u kamida uch yilda tiklanadi. Bu orada Louis Vuitton egasi Bernara Arno sotib olmoqchi bo‘lgan tarmoqlari narxini pasaytirishga ham urinib ko‘rgan.
Shartnoma bekor qilinishi mumkinligi haqidagi xabar Tiffany'ga og‘ir zarba bo‘ldi, kompaniyaning aksiyalari 14 foizga tushib ketdi. LVMH aksiyalari esa atigi 1,4 foizga tushgan.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi