London dunyo moliya markazi maqomini boy berdi

Olam

2222222

Brexit atrofidagi noaniqliklar tufayli turli mamlakatlardagi moliyachilar Londondan yuz o‘girdi. 2018 yil Buyuk Britaniya poytaxtini asosiy moliya markazi deb biluvchilar soni 53 dan 33 foizga tushib ketdi. Bu haqda Duff&Phelps Global Regulatory Outlook tadqiqotlariga asoslanib, Guardian xabar bermoqda. 

Uning o‘rnini Nyu-York egalladi. So‘rovnomada ishtirok etgan moliyachilarning 56 foizi ushbu shaharni moliya markazi deya e’tirof etgan.

Tadqiqot doirasida ushbu savolga bank sohasida, moliyaviy kompaniyalarda va aktivlar bilan ishlaydigan tashkilotlarda faoliyat yurituvchi 245 nafar top-menejer javob bergan.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, London endi qaytib oldingi maqomini egallay olmaydi. Nyu-Yorkning o‘rni ham yomonlasha boradi. Ularning fikricha, oradan chamasi besh yillar o‘tib, ularning o‘rnini Gonkong, Singapur va Shanxay kabi shaharlar egallashi mumkin.

Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun Buyuk Britaniya poytaxtida normativ-huquqiy bazani jiddiy tartibga solish kerak. Ana shunda moliya sektorida yangi iste’dodlar yetishib chiqadi va London yana o‘z maqomini qaytarib oladi. 


Maqola muallifi

Teglar

London dunyo moliya markazi

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing