“Liverpul” yetakchi futbolchisini uzoq vaqtga yo‘qotdi
Sport
−
11 Oktabr 2022 3770 1 daqiqa
Kolumbiya terma jamoasi va Angliyaning “Liverpul” klubin futbolchisi Luis Dias joriy yilning dekabr oyi oxiriga qadar maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Daily Mail” nashri ma’lum qildi.
Qayd etish kerakki, kolumbiyalik yarim himoyachi APLning 10-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi o‘yinda (2:3) jarohat olib, maydonni erta tark etgan edi.
Manbaga ko‘ra, Luis Dias tizzasidan jiddiy jarohat olgan. Kolumbiyalik futbolchining tiklanishi uchun operatsiya kerak bo‘lmaydi.
Shu yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatar Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Kolumbiya mundialga yo‘llanma olmagan. Dias “Liverpul”ning Angliya Premer ligasi doirasida 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Aston Villa”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Luis Dias “Liverpul” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Tranfermarkt” portali 25 yoshli futbolchini 75 million yevroga baholamoqda.
Shahzod Shukurov
Live
Barchasi