“Liverpul” “Real”ning ikki futbolchisini sotib olishi mumkin
Sport
−
11:49 738 1 daqiqa
“Liverpul” klubi “Real Madrid” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani sotib olish uchun jiddiy ustunlikka ega bo‘ldi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar fransiyalik futbolchini yozgi transfer oynasida 50 million yevro evaziga qo‘lga kiritish imkoniyati borligini bilib olgan.
Shuningdek, ingliz klubi “Real Madrid” markaziy himoyachisi Din Xyoysenga ham qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, “Liverpul” o‘tgan yozda “Bornmut”dan “Real Madrid”ga o‘tgan futbolchi uchun 70 million yevro to‘lashga tayyor. Agar taklif kelib tushsa, “qirollik klubi” himoyachini sotish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligi aytilmoqda.
Joriy mavsumda Kamavinga barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
Live
Barchasi