Levandovski “Barselona” bilan hamkorlikni davom ettiradigan bo‘ldi
Sport
−
12 fevral 2111 1 daqiqa
Kataloniyaning “Barselona” klubi jamoaning tajribali polshalik hujumchisi Robert Levandovski bilan shartnomani uzaytiradigan bo‘ldi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.
Forvardning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Manbaga ko‘ra, polshalik “Barselona”da 2026 yilgacha qoladi. Robert 2022 yildan beri “ko‘k-anorranglilar” safida o‘ynamoqda.
Joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 33 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portali 36 yoshli hujumchining bozor narxini 15 million yevroga baholamoqda. Levandovski faoliyati davomida Germaniya chempionati, Yevropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
U FIFA tomonidan ikki marta “The best” sovrini bilan taqdirlangan. Robert 1 marta UEFA tomonidan Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Live
Barchasi