Lavrov Boeing fojiasi nima sabab ro‘y berganini aytdi
Olam
−
17 yanvar 2020 10647 1 daqiqa
Eron Ukraina yo‘lovchi samolyotini ataylab urib tushirmadi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2019 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tgan.
Lavrovning ta’kidlashicha, fojia insoniyat xatosi sabab ro‘y berdi. “Men hech kimni oqlamoqchi emasman. (...) Bu beixtiyor sodir bo‘ldi, deb o‘ylayman. Barcha buni allaqachon tushunib yetgan”, deya ta’kidlagan diplomat.
Ukraina tomonining ma’lum qilishicha, Eron voqea yuzasidan tergov olib borishga qarshilik ko‘rsatgan. 16 yanvar kuni ma’lum bo‘ldiki, Kanada bu borada tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan.
Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning 8 yanvar kuni Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti Tehronda urib tushirilgandi. 176 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, ulardan 11 nafari Ukraina fuqarolari edi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025