La Ligada 2-o‘rin uchun kurash qizimoqda

Sport

image

“Real Madrid” va “Atletiko” Ispaniya chempionati turnir jadvalidagi o‘rinlarini almashdi.

Diyego Simeone shogirdlari 36-turda “Espanol” bilan durang o‘ynadi (3:3). 36 turdan keyin “matraschilar” hisobida 73 ochko bor.

Madridning “Real” klubi esa 36-turda “Rayo Valekano”ni mag‘lub etdi (2:1). Anchelotti shogirdlari 74 ochko bilan “Atletiko Madrid”ni ortda qoldirib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.

Kataloniyaning “Barselona” klubi muddatidan avval La Ligada g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Jamoa hisobida 85 ochko mavjud.

Chempionatning qolgan o‘yinlarida “qirollik klubi” “Sevilya” va “Atletik” bilan, “Atletiko” esa “Real Sosedad” va “Vilyarreal” klublari bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing