Kun oxirida yana 16 nafar o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
13 may 2020 8307 1 daqiqa
13 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 tasha ortib, 2612 nafarni tashkil etmoqda.
16 nafar yangi kasallanish holatlarining 11 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 5 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.
Ayni paytda O‘zbekistonda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi. Mamlakatimizda davolanayotgan 525 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Live
Barchasi