Kuba 3 oylik neft blokadasidan so‘ng AQSH bilan muzokaralarni boshladi

Olam

image

Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel orolning uch oylik amaldagi neft blokadasidan so‘ng AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar olib borayotganini ilk bor rasman tasdiqladi. Bu haqda “Cubadebate” xabar berdi.

Nashr keltirgan bayonotga ko‘ra, muloqotdan maqsad – ikki tomonlama kelishmovchiliklarni muloqot orqali hal qilish, umumiy tahdidlarga qarshi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va Lotin Amerikasida xavfsizlikni mustahkamlashdir. Shu bilan birga, Kuba yetakchisi bu jarayon ancha vaqt talab qilishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Muzokaralar Vashington tomonidan misli ko‘rilmagan bosim o‘tkazilayotgan bir paytda boshlangan. 2026 yil boshida AQSH Venesueladan Kubaga yetkaziladigan va orolning energiya ehtiyojlarining 50 foizigacha qoplaydigan neft ta’minotini amalda to‘sib qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay, Amerika bosimi ostida Meksika ham neft yetkazib berishni to‘xtatdi. Yanvar oyi oxirida Tramp Kuba tomonidan milliy xavfsizlikka tahdid tufayli AQSHda favqulodda holat e’lon qildi va orolga bevosita yoki bilvosita neft yetkazib beruvchi davlatlardan tovarlar importiga qo‘shimcha bojlar joriy etishga ruxsat berdi. Bularning barchasi Kubada og‘ir yoqilg‘i inqirozini keltirib chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “The Atlantic” nashrining Oq uydagi manbalari avvalroq Kuba Trampning “Eron va Venesueladan keyingi navbatdagi nishoni” bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Yanvar oyida AQSH Prezidenti, agar Gavana Vashington bilan kelishuvdan bosh tortsa, orolni “do‘stona egallab olish” imkoniyatini ham inkor etmadi.  Shu bilan birga, “Bloomberg” va “The Wall Street Journal“ manbalariga ko‘ra, Oq uyda rejimni bosqichma-bosqich o‘zgartirish rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu reja doirasida Tramp 1991 yilgacha orolni qo‘llab-quvvatlagan Sovet Ittifoqi o‘rnini egallab, Kubani moliyaviy jihatdan AQSHga qaram qilib qo‘ymoqchi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing