Korrupsion jinoyat sodir etganlarni davlat xizmatiga qabul qilish taqiqlanmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistona korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi qonunan belgilanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilgan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.

Qonun loyihasi bilan davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish va tegishli sub’ektlarning vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi, odob-axloq qoidalari, uning huquqlari va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilanmoqda.

Qonun loyihasida davlat fuqarolik xizmati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o‘tash va tugatishning yagona qoidalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Mazkur hujjatda shuningdek, birinchi marta davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, loyihada davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulkini deklaratsiyalash, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi kabi normalar o‘z aksini topmoqda.

Majlisda qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

134

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing