Koronavirus: 11 ta hududda yangi kasallanish aniqlandi
Jamiyat
−
21 fevral 2022 10701 2 daqiqa
Kecha, 20 fevral kuni O‘zbekistonning 11 ta hududida 160 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Mamlakatda bu kasallikka chalinganlar soni 235427 nafarga yetdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 4 nafari Andijon viloyatida,
• 6 nafari Buxoro viloyatida,
• 1 nafari Jizzax viloyatida,
• 3 nafari Navoiy viloyatida,
• 5 nafari Namangan viloyatida,
• 12 nafari Samarqand viloyatida,
• 11 nafari Surxondaryo viloyatida,
• 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
• 8 nafari Xorazm viloyatida,
• 27 nafari Toshkent viloyatida,
• 77 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15 nafar,
• Andijon viloyatida 9 nafar,
• Buxoro viloyatida 6 nafar,
• Jizzax viloyatida 3 nafar,
• Qashqadaryo viloyatida 8 nafar,
• Navoiy viloyatida 8 nafar,
• Namangan viloyatida 2 nafar,
• Samarqand viloyatida 16 nafar,
• Surxondaryo viloyatida 19 nafar,
• Farg‘ona viloyatida 21 nafar,
• Xorazm viloyatida 15 nafar,
• Toshkent viloyatida 241 nafar,
• Toshkent shahrida 1123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 227423 (+1486) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1621 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 34 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Live
Barchasi