Koreya aholisi keyingi yarim asr ichida keskin kamayadi

Olam

image

Janubiy Koreyada tug‘ilishning juda pastligi sababli 2070 yilga borib aholi 38 millionga qisqaradi. Bu davr mobaynida dunyo aholisi 8 milliarddan 10,3 milliardga ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi

Koreya Statistika agentligi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, joriy yilda mamlakat aholisi 52 milliondan pasayib ketgan. Hozirda aholining 18,4 foizini qariyalar tashkil qiladi.

“2020 yilda eng yuqori cho‘qqiga chiqqan Janubiy Koreya aholisi 2041 yilda 40 million kishiga tushadi. Bu ko‘rsatkich 2011 yilda ham qayd etilgan”, deyiladi agentlik xabarida.

Janubiy Koreyada 2022 yilda ayolning umri davomida farzand ko‘rishi o‘rtacha 0,78 ga yetgan, bu mamlakat aholisini barqaror ushlab turgan 2,1 tug‘ilish darajasidan ancha past. Hisobot shuni ko‘rsatadiki, 2022 yilda atigi 249 ming, 2012 yilda esa 480 ming chaqaloq tug‘ilgan.

Agentlikning ta’kidlashicha, chet elliklar demografiyaning katta qismini egallashi mumkin. 2023 yilda aholining 3,2 foizini yoki 1,64 millionini tashkil etgan chet el fuqarolari 2040 yilda 4,3 foizga yoki 2,16 millionga ko‘payishi kutilmoqda. 2022 yilda ish bilan band bo‘lgan xorijliklarning 43,9 foizi tog‘-kon va ishlab chiqarish sanoatida, 18,7 foizi esa ulgurji, chakana savdo, oziq-ovqat va turar-joy segmentida ishlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda ko‘p farzandli oilalarning soni mamlakatdagi umumiy oilalarning 1,7 foizini tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing