Kongoda Ebolaga chalinganlar soni 450 nafardan oshdi

Olam

image

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 452 nafarga yetdi. Ularning 82 nafari vafot etgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib, EFE xabar berdi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 4 iyun kuni Ituri va Shimoliy Kivu viloyatlarida kasallikning yana 71 ta yangi holati qayd etilgan. Ular orasida 21 ta o‘lim holati ham mavjud.

Hozirda 258 nafar bemor izolyatsiya qilingan yoki shifoxonalarda davolanmoqda. Sakkiz nafar bemor to‘liq sog‘aygan.

Mutaxassislar kasallik tarqalishining oldini olishda kontaktlarni kuzatish asosiy muammolardan biri bo‘lib qolayotganini bildirmoqda. Nazoratga olingan 4766 nafar shaxsning faqat 2755 nafari, ya’ni 57,8 foizi tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Kongo sog‘liqni saqlash idoralari Ebolaga qarshi kurashda bir qator jiddiy to‘siqlar mavjudligini ta’kidlagan. Ular qatoriga marhumlardan tahlil uchun namunalar olishga qarshilik ko‘rsatilishi, davolash imkoniyatlarining cheklangani, kontaktlarni samarali kuzatishdagi muammolar, dori-darmon va infeksiyalarning oldini olish vositalari yetishmasligi, ogohlantirish tizimining zaifligi hamda 21,5 million dollar miqdoridagi moliyalashtirish tanqisligi kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kongoda mahalliy aholi Ebola qurbonini dafn etayotgan tibbiy brigadaga hujum qilib, tobutni tashlab ketishga majbur qilgan va marhumning jasadiga tegingandi. Shuningdek, Ebola o‘chog‘i kuzatilayotgan Ituri viloyatida xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tufayli 11 nafar bemor tibbiyot muassasalaridagi izolyatordan qochib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kongo Ebola izolyatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing