Ebola nazoratdan chiqmoqda: bemorlar izolyatordan qochib ketdi
Olam
−
04 iyun 1353 2 daqiqa
Kongo Demokratik Respublikasi sharqida Ebola virusi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Mahalliy aholi Ebola qurbonini dafn etayotgan tibbiy brigadaga hujum qilib, tobutni tashlab ketishga majbur qilgan va marhumning jasadiga tegingan. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Katana shahrida sodir bo‘lgan. Shifokorlar bunday holat kasallikning yanada keng tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Shuningdek, Ebola o‘chog‘i kuzatilayotgan Ituri viloyatida xavfsizlik bilan bog‘liq muammolar tufayli 11 nafar bemor tibbiyot muassasalaridagi izolyatordan qochib ketgan.
Mamlakatda hozirgacha Ebola bilan kasallanishning 363 ta tasdiqlangan holati qayd etilgan, 62 kishi esa vafot etgan. Bundan tashqari, uch viloyatda 4,2 mingdan ortiq muloqotda bo‘lgan shaxs kuzatuv ostiga olingan.
Joriy yilning 17 may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada Ebola tarqalishini sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyat deb e’lon qilgan edi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozir tarqalayotgan Bundibugo shtammiga qarshi tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas. Shu sababli bemorlarni izolyatsiya qilish, organizmdagi suyuqlik yo‘qotilishini qoplash va simptomatik davolash kasallikka qarshi asosiy chora bo‘lib qolmoqda.
Hududda faoliyat yuritayotgan shifokorlar va gumanitar tashkilotlar vakillari tibbiy niqoblar kabi eng zarur vositalar ham yetishmayotgani, malakali tibbiyot xodimlari soni esa kamligini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Epidemiyalarga tayyorgarlik ko‘rish koalitsiyasi Ebola virusining Bundibugyo shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqish uchun bir nechta tadqiqot guruhlari, jumladan, Moderna’ga qariyb 60 million dollar ajratishi haqida xabar berilgan edi.