KXDR kemasi Janubiy Koreya chegarasini buzdi. Chegarada o‘q uzildi
Olam
−
24 Oktabr 2022 10066 1 daqiqa
Janubiy Koreya harbiylari bugun, 24 oktyabr kuni Shimoliy Koreya kemasi Sariq dengizda ikki davlat o‘rtasidagi dengiz chegarasini kesib o‘tgani ortidan ogohlantiruvchi o‘q uzganini ma’lum qildi. Bu haqda “Yonhap” yozmoqda.
Janubiy Koreya Qurolli Kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya kemasi mahalliy vaqt bilan soat 3:42 da Bennen oroli yaqinidagi dengiz chegarasini kesib o‘tgan.
Janubiy Koreya harbiylari ogohlantiruvchi o‘q uzgach, KXDR kemasi shimolga qaytib ketgan.
Ayni paytda, Pxenyanda rasmiylar Janubiy Koreyaning eskort kemasi mahalliy vaqt bilan soat 3:50 da KXDR bilan dengiz chegarasini buzganini aytishmoqda.
Bosh shtabning ismi oshkor etilmagan vakilining Koreya markaziy telegraf agentligi tomonidan e’lon qilingan bayonotiga ko‘ra, Janubiy Koreya kemasi “noaniq kemani nazorat qilish bahonasida” KXDR dengiz harbiy chegara chizig‘iga 2,5-5 km masofada bostirib kirgan va ogohlantiruvchi o‘q uzgan.
Bunga javoban KXDR harbiylari mahalliy vaqt bilan soat 5:15 da yalpi reaktiv hujum tizimidan 10 marta ogohlantiruvchi o‘q uzgan.
Live
Barchasi