KXDR BMTning yadro dasturi bo‘yicha rezolyutsiyasiga keskin munosabat bildirdi

Olam

image

KXDRning yadroviy davlat sifatidagi maqomi AQSH, boshqa G‘arb mamlakatlari, shuningdek, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) tomonidan tan olinishiga muhtoj emas. Bu haqda KXDR Tashqi ishlar vazirligi vakilining Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi tomonidan tarqatilgan bayonotida aytiladi.

“Do‘st bo‘lmagan kuchlar MAGATE ichida va tashqarisida bizning konstitutsiyaviy maqomimizni inkor etishga qanchalik urinmasin, KXDRning allaqachon jismoniy va huquqiy jihatdan mustahkamlangan yadroviy davlat maqomi yengib bo‘lmas kuchdir”, deyiladi hujjatda.

MAGATE Bosh konferensiyasining 70-sessiyasida joriy yilning 17 sentyabr kuni qabul qilingan KXDR bo‘yicha rezolyutsiya javob bayonotiga sabab bo‘ldi. Pxenyanning ko‘rsatishicha, ushbu rezolyutsiyada yadroviy qurol va yadroviy dasturlardan to‘liq, tekshiriladigan va ortga qaytmas tarzda voz kechish talablari o‘rin olgan.

KXDR o‘z navbatida Shimoliy Koreya allaqachon Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (YAQTSH) va MAGATE tarkibidan chiqqanini eslatgan. Shu sababli tashkilot tomonidan qabul qilingan bunday qaror noqonuniy va “hech qanday ta’rifga sig‘maydigan” holat.

Joriy yilning 16 sentyabr kuni KXDR AQSH va Janubiy Koreyaning ommaviy qirg‘in qurollariga qarshi kurashish qo‘mitasi (CWMDC) yig‘ilishiga javoban yadroviy kuchlar to‘g‘risidagi qonunni ishga solish bilan tahdid qilgani ma’lum bo‘lgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In esa keyinchalik Pxenyan harbiy qudratni oshirishda davom etishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyaning asosiy Yonbyon yadroviy majmuasida 28 tagacha sentrifuga kaskadini joylashtirish mumkin bo‘lgan yangi uran boyitish inshooti qurilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing