Kimning askarlari Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tdi
Olam
−
08 aprel
9255Shimoliy Koreyaning 10 ga yaqin harbiylaridan iborat guruh Janubiy Koreya bilan chegaradagi qurolsizlantirilgan zonada harbiy demarkatsiya chizig‘ini kesib o‘tdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, KXDR askarlari chegara chizig‘ini kesib o‘tgandan so‘ng, Janubiy Koreya tomoni bir nechta ogohlantiruvchi o‘qlar uzgan. Shundan so‘ng, askarlar yana KXDR tomonga qaytgan.
“Janubiy Koreya tomoni dastlab texnik qurilmalar yordamida ogohlantirish berdi, so‘ngra ogohlantiruvchi o‘t ochdi. KXDR harbiylari demarkatsiya chizig‘idan shimolga qaytdi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu mamlakat sharqida sodir bo‘lgan. Rasmiylar KXDR armiyasining faolligini diqqat bilan kuzatib borayotganini, tezkor reglamentga muvofiq zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Janubiy Koreya tomoni o‘tgan kunlarda ham 1,5 mingga yaqin KXDR harbiylari chegarada ish olib borayotgani, jumladan, bo‘shliqlarni tozalash va tikanli simdan to‘siqlar o‘rnatayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasining maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘linmalari uchun mo‘ljallangan o‘quv bazasiga tashrifi chog‘ida yaqinda ishlab chiqilgan snayper miltig‘ini shaxsan sinab ko‘rgandi.
LiveBarchasi