XJS prokurori Isroilning yana 2 vaziri uchun order so‘ramoqchi edi – WSJ
Olam
−
28 may 2025 2741 1 daqiqa
Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokurori Karim Xon ma’muriy ta’tilga chiqishidan oldin Isroil Moliya vaziri Betsalel Smotrich va Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirni hibsga olish uchun order berishni so‘ramoqchi bo‘lgan. Bu haqda manbalariga tayanib, kecha, 27 may kuni kuni “The Wall Street Journal” (WSJ) xabar berdi.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu Smotrich va Ben-Gvirning G‘arbiy Sohildagi yahudiy aholi punktlarini kengaytirishdagi ishtiroki bilan bog‘liq. Xonning ma’muriy ta’til davrida order so‘rovi bo‘yicha ish davom ettiriladimi yoki yo‘qligi haqida qaror hali qabul qilinmagan.
Qayd etish joiz, 2024 yilning noyabrida XJS Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun hibsga olishga order berdi. 2025 yil may oyi o‘rtalarida XJS Xon ma’muriy ta’tilga chiqishini va XJS uni jinsiy zo‘ravonlik uchun tergov qilgan paytda xizmat qilmasligini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) Bosh prokurori, Buyuk Britaniya fuqarosi Karim Xon Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning hibsga olinishi bo‘yicha order berilishiga aloqadorligi sababli AQSH sanksiyalar ostiga tushgandi.
Live
Barchasi