Xorazm sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
01 aprel 2023
6925Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning tegishli buyrug‘i bilan Sodiqjon Boboyevich Sodiqov Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
44 yoshli Sodiqjon Sodiqov ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, u 1979 yilda tug‘ilgan. 1-Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialini tamomlagach, mehnat faoliyatini 2006 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filialida kardiolog-shifokor sifatida boshlagan.
2009-2010 yillarda “Salomatlik-2” hamda “Ayollar va bolalar salomatligini muhofaza qilish” qo‘shma loyihasining viloyat byurosi direktori sifatida ishlagan. Shuningdek, 2010–2021 yillarda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining umumiy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib xizmat qilgan.
LiveBarchasi
Toshkentga tramvay qaytadi.
13 mart