Xomanaiyning dafn marosimi sanasi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
13 iyun 4306 1 daqiqa
AQSH va Isroilning hujumi oqibatida halok bo‘lgan Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy bilan xayrlashuv marosimi joriy yil 4 iyuldan 9 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Bu haqda SNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, xayrlashuv marosimi 4 iyul kuni boshlanadi, shu kuni Tehrondagi Xomeyniy jome masjidida vidolashuv tadbiri o‘tkaziladi. Keyingi kunlarda Tehron, Qum va Mashhad shaharlarida motam yurishlari bo‘lib o‘tadi.
“9 iyul kuni Mashhadda motam yurishi o‘tkaziladi, shundan so‘ng jasad Imom Rizo maqbarasiga dafn etiladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etish joiz, Xomanaiy vafotidan buyon uch oydan ko‘proq vaqt o‘tdi. U 28 fevral kuni havo hujumi oqibatida halok bo‘lgan edi. Uning vafotidan keyin davlat oliy rahbari lavozimiga uning o‘g‘li Mujtabo Xomanaiy saylandi. U ham 28 fevraldagi hujum paytida jarohat olgan va o‘shandan beri jamoatchilikka ko‘rinish bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH va Eron o‘rtasidagi tinchlik shartnomasining yakuniy kelishuvi yaqin 24 soat ichida amalga oshishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. Hujjatni imzolash jarayonidan keyin texnik darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi