Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo ayirboshlash hajmi tarixiy rekordni yangiladi

Olam

image

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Xitoyning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22 foizga oshdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy bilan ushbu besh davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yili 70,2 milliard dollarga yetgan va bu tarixiy rekord hisoblanadi. 2022 yilda Xitoyning ushbu mamlakatlardan qishloq xo‘jaligi, energetika va mineral mahsulotlar importi 50 foizdan ko‘proqqa, Xitoyning ushbu mamlakatlarga mexanik va elektron mahsulotlar eksporti esa 42 foizga o‘sgan.

2022 yil oxiriga kelib Xitoyning Markaziy Osiyoning beshta davlatiga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi qariyb 15 milliard dollarga yetgan. Bundan tashqari, neft va gazni qidirish, qazib olish va qayta ishlash, o‘zaro bog‘liqlik va raqamli texnologiyalar kabi sohalarda ko‘plab hamkorlik loyihalari yo‘lga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Markaziy Osiyo savdo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing