Xitoy urush yoqasidami? Si Szinpin armiyaning jangovar holatini oshirishni buyurdi
Olam
−
09 noyabr 2022 10185 1 daqiqa
Xitoy rahbari Si Szinpin urush holatida armiyaning jangovar qobiliyatini oshirish zarurligini ma’lum qildi. Tegishli bayonotni XXR rahbari Xitoy Xalq ozodlik armiyasi qo‘mondonligi shtab-kvartirasi bo‘lgan Markaziy harbiy kengashning Birlashgan tezkor qo‘mondonlik markazini ko‘zdan kechirish chog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi davrda xavfsizlikning beqarorligi kuchayishi fonida Xitoy armiyasi oldida qiyin va murakkab vazifa turibdi.
“Mamlakat qurolli kuchlari turli darajadagi jangovar harakatlarga shay turishi, o‘z faoliyatini urushga tayyorgarlik ko‘rish va g‘alaba qozonish qobiliyatiga erishish yo‘lida olib borishi kerak. Xitoy armiyasi milliy suverenitet, xavfsizlik va taraqqiyot manfaatlarini qat’iy himoya qilishi, partiya va xalq tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishi kerak”, deydi Si Szinpin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSH strategik qo‘mondonligi rahbari admiral Charlz Richard Ukrainadagi urush AQSH uchun chigilyozdi bo‘lgani, Qo‘shma Shtatlarning asosiy raqibi Xitoy bo‘lib, dunyoni Xitoy va AQSH urushi kutayotganini aytgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr