Xavf yaqin: “britaniyalik” koronavirus Rossiyaga kirib bordi
Olam
−
11 yanvar 2021 14069 1 daqiqa
Buyuk Britaniyadan butun dunyoga tarqalayotgan koronavirus yangi shtammining birinchi holati Rossiyada ham aniqlandi. Bemor Buyuk Britaniyadan qaytib kelgan bo‘lgan. Bu haqda kecha, 10 yanvar kuni “Rossiya-1” telekanali efirida Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova ma’lum qildi.
“Bir nafar odamda koronavirusning yangi turi aniqlandi”, deydi u Buyuk Britaniyadan qaytib kelgan rossiyaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalarini izohlar ekan.
Popovaga ko‘ra, hozirda ushbu bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “britaniyalik” koronavirus 40 dan ortiq davlatda aniqlangani haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi