“Xalqim, kechiring”. Ohangaronda bolani kaltaklagan tarbiyachi uzr so‘radi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchi bolalardan biriga jismoniy kuch ishlatib, uni turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagan tarbiyachi ishdan olingani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan bugun, 8 aprel kuni sobiq tarbiyachi Sh.A. xalqdan uzr so‘ragan videomurojaatini e’lon qildi.

Ayol o‘z murojaatida pushaymonligini bildirib, bu ishni qaytarmaslikka va’da bergan.

“Qilgan ishimdan pushaymonman. Xalqimdan uzr so‘rayman. Bu ishni boshqa qaytarmaslikka so‘z beraman. Juda qattiq pushaymonman. Iltimos, xalqim, kechiringlar”, degan Sh.A. 

Qayd etish joiz, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirib, o‘rganish olib borishini bildirgandi. O‘rganishdan so‘ng, mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasining video tarqalgan kundayoq chiqargan buyrug‘iga binoan tarbiyachi Sh.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi 27-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgandi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyatidagi bog‘chalardan birida bolalardan dadasining hidi qanaqa ekanini so‘ragan tarbiyachiga “hayfsan” jazo chorasi qo‘llangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron tarbiyachi uzr so'radi bolani kaltaklagan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing