Kelasi yil 18 ta quyosh va shamol stansiyalari ishga tushiriladi

Jamiyat

image

2025 yilda 3,4 ming megavattli 18 ta quyosh va shamol stansiyalari ishga tushiriladi. Bu haqda bugun, 13 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tayotgan energetika sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va navbatdagi loyihalar qurilishiga start berish marosimida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2030 yilga qadar yana 19 ming megavatt “yashil quvvat”larni barpo etib, qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Xususan, 2025 yilda 3,4 ming megavattli 18 ta quyosh va shamol stansiyalari hamda 1,8 ming megavattli saqlash tizimlari ishga tushiriladi. 

Buning natijasida kelgusi yili “yashil energiya” ishlab chiqarish hajmlari 12 milliard kilovatt soatga yetadi. Bu 5 million xonadonning bir yillik iste’moliga teng va 6,5 million tonna zararli gazlarni atmosferaga chiqarishning oldi olinadi, deganidir.

Shuningdek, kelgusi 2 yilda xususiy tadbirkorlar bilan birga 2 mingdan ortiq kichik va mikro-GESlar tashkil qilish bo‘yicha katta dastur amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

shamol stantsiyalari quyosh stantsiyalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar