O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha antirekord qayd etildi
Jamiyat
−
21 iyul 2021 43832 1 daqiqa
2021 yil 20 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 121329 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 698 kishida koronavirus va 478 kishida pnevmoniya aniqlandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 16 nafari Andijon viloyatida,
- 16 nafari Buxoro viloyatida,
- 87 nafari Jizzax viloyatida,
- 16 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 15 nafari Navoiy viloyatida,
- 32 nafari Namangan viloyatida,
- 65 nafari Samarqand viloyatida,
- 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 84 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 58 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 10 nafari Xorazm viloyatida,
- 79 nafari Toshkent viloyatida,
- 110 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 478 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 55 nafar,
- Jizzax viloyatida 65 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
- Navoiy viloyatida 16 nafar,
- Namangan viloyatida 55 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 32 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 68 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 35 nafar,
- Toshkent viloyatida 52 nafar,
- Toshkent shahrida 99 nafar bemor tuzaldi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 116009 (+495) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 810 nafarni tashkil qildi.
Live
Barchasi