Katta miqdorda taqiqlangan dorilarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
25 mart 2185 2 daqiqa
Toshkent viloyatining Parkent tumanida muddati tugagan dorilarni qayta sotmoqchi bo‘lgan mas’uliyati cheklangan jamiyat fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Parkent tumanidagi “Parkent erkin iqtisodiy” zonasida joylashgan farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MCHJda tekshiruv ishlari amalga oshirilgan.
Natijada korxona omborxonasida yaroqlilik muddati tugagan 55 840 dona “Menovazin”, 25 000 dona “Vodorod peroksidi”, 50 800 dona “Etil spirti” hamda 28 mln 270 ming donadan ortiq yorliq va etiketkalar saqlanayotganligi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, ular yaroqlilik muddati tugagan dori vositalarini 2025-2026 yillarda ishlab chiqarilgan degan ma’lumotlar bilan qayta qadoqlab, sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.
Poytaxtda kuzatilgan holatda esa Farg‘ona shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, uning qo‘l yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlangan, taxminiy qiymati 763 mln so‘mni tashkil etuvchi 19 turdagi jami 6 597 dona dori vositalari borligi aniqlangan.
Dastlabki surishtiruv jarayonida mazkur shaxs dori vositalarini Hindistondan olib kelib, o‘zining tanishi bilan birgalikda sotishni amalga oshirishi aniqlanib, uning xonadoni ham ko‘zdan kechirilgan. Natijada taxminiy qiymati 48 mln so‘mga teng bo‘lgan 107 dona dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida olingan dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvi tayinlanib, surishtiruv ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlangandi.
Live
Barchasi