Kanar orollariga ketayotgan qayiq cho‘kib, 51 muhojir halok bo‘ldi

Olam

image

Marokashdan Kanar orollariga yo‘l olgan muhojirlar qayig‘ining cho‘kishi oqibatida 51 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda huquq himoyachisi Elena Maleno o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

"Kanar yo‘nalishidagi halokat 51 kishining, jumladan, 11 ayol va 3 bolaning halok bo‘lishiga olib keldi", deb yozgan Maleno.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kemaning to‘rt nafar yo‘lovchisi omon qolgan va ular shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, muhojirlar Marokashning Tan-Tan shahridan Ispaniyaning Kanar orollari tomon yo‘lga chiqqan. Ular sakkiz kun dengizda bo‘lgan.

Ispaniya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, 2023 yilning yanvaridan mayigacha Kanar orollariga 4,4 mingga yaqin noqonuniy migrant borgan. Bu 2022 yilning yanvar-may oylariga nisbatan 47 foizga kam.


Maqola muallifi

Teglar

muhojirlar Kanar orollari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made