Kamoliddin O‘rinboyev O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
16 iyun 2020 13023 1 daqiqa
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi rektori etib tayinlandi. Bu haqda Davlat filarmoniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kamoliddin O‘rinbayev 1985 yilda tug‘ilgan. U O‘zbekiston Yoshlar simfonik orkestri asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. Milliy simfonik orkestr (Davlat filarmoniyasi) bosh dirijyori sifatida ham faoliyat ko‘rsatgan, shuningdek, konservatoriyada dars bergan.
O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi va P.I.Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasini “xalq cholg‘ulari ijrochiligi” va “opera-simfonik dirijyorlik” mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025