Qo‘shni Qirg‘izistonda qor yog‘di
Olam
−
07 Oktabr 2022 15847 1 daqiqa
Oktyabrning birinchi haftasida Qirg‘izistonda qor yog‘di. Natijada dovon yo‘lida avtomashinalarning harakatlanishida tirbandlik yuzaga kelgan. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.
Shu munosabat bilan Qirg‘iziston Respublikasi Transport va aloqa vazirligi haydovchilarni yozgi shinalar bilan mashinada uzoq yo‘lda sayohat qilmaslikka chaqirdi.

Malumotlarga ko‘ra, Too-Ashuu, Ala-Bel va Otmok dovonlarida kuchli qor yog‘gan, Bishkek — O‘sh, Talas — Taraz — Suusamir avtomobil yo‘llarida transport harakati qiyinlashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dam olish kunlari O‘zbekistonga ham Kavkaz hududlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda.
Adiba Rahmonova
Live
Barchasi