Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuziladi
Jamiyat
−
29 yanvar 2024 3268 1 daqiqa
Qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuzilishi belgilandi. Bu haqda Prezident raisligida bo‘lib o‘tayotgan uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ofis qiymati 10 mlrd so‘mdan yuqori loyihalarni ishlab chiqish jarayonida ularning xavfsizlik va energiya tejamkorlikka javob berishini, qiymati sun’iy oshib ketmaganini loyihachilar bilan birga baholab boradi. Bundan tashqari, har yili maktab, bog‘cha, tibbiyot, yo‘l, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti kabi sohalarning har birida kamida 2-3 tadan namunaviy loyihalar ishlab chiqadi.
Bundan buyon, Loyiha ofisining tavsiyasi bo‘lmagan loyiha hujjatlari davlat ekspertizasiga qabul qilinmaydi. Mutasaddilarga eskirgan 105 ta qurilish normalarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ishlab chiqish topshirildi.
Bosh prokuraturaga qurilish materiallari sohasida qazib olishdan tortib, tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazishgacha barcha jarayonlarda yashirin iqtisodiyotga chek qo‘yish bo‘yicha tizim yaratish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda byudjet hisobidan qilinadigan barcha xaridlar Soliq qo‘mitasining “Ye-ombor” platformasi orqali amalga oshiriladigan tartibni joriy qilish, qurilish materiallari klassifikatori elektron platformasini ishga tushirish yuzasidan ham topshiriqlar berildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025