Qurilish vazirining shoxi bormi? Nega javobgarlikka tortilmadi?

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, 2021 yil mart-aprel oylarida Qurilish vazirining qarindoshlari benefitsiar bo‘lgan “Trest 12” kompaniyasi 2020 yilda 5 trillion so‘mdan ortiq qiymatdagi qurilish pudrati ishlari bilan bog‘liq davlat xaridi shartnomalarining ijrochisi bo‘lgani aniqlangandi. Ammo Qurilish vaziri bu ish bo‘yicha javobgarlikka tortilmagan. Xo‘sh, uning shoxi bormi? Nega mamlakatdagi mavjud qonunlari Qurilish vaziri Botir Zokirovni chetlab o‘tdi? Holat bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Matbuot kotibi izoh berdi.

Qayd etilishicha, ushbu o‘rganishlar o‘tkazilayotgan davrda hali milliy qonunchilikda davlat xaridlari jarayonidagi affillangan va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygani uchun javobgarlik choralari belgilanmagan bo‘lgan.

2021 yil 14 yanvardagi Qonun bilan esa O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi yangi —  175-8-modda bilan to‘ldirilib, davlat xaridlari jarayonidagi affillanganlik va manfaatlar to‘qnashuvi haqida davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda xabar bermaslik xatti-harakatlari uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan va ushbu norma 2021 yil 15 apreldan kuchga kirgan.  

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 9-moddasiga ko‘ra, Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi, ya’ni qonun amalga kiritilguniga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi”, deyiladi xabarda.

Shunga ko‘ra, Qurilish vaziri Botir Zokirov tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlar 2021 yil 15 aprelga qadar sodir etilgani sabab, unga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmagan. 

Abduxoliqov ishi

Joriy yilning 21 yanvar kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi “Sevimli” telekanaliga davlat buyurtmalarini berib kelgani, shuningdek, subsidiyalar ajratishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani ehtimoli bilan tekshiruv boshladi. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Kinematografiya agentligi tomonidan shartnomalar tuzilishida va davlat subsidiyasi mablag‘larining taqsimlanishida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi holatlari aniqlangan.

Kinematografiya agentligi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda esa 2021 yil may oyi va undan keyingi paytdagi moliyaviy jarayonlar tahlil qilinib, ushbu davr mobaynida aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Joriy yilning 25 yanvar kuni Bosh prokuratura tomonidan Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-8-moddasi (davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) ning 4-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

338

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing