Qo‘qonda dahshatli YTH: 3 kishi qurbon bo‘ldi
Jamiyat
−
18 fevral 2020 12227 1 daqiqa
Bugun, 18 fevral kuni Qo‘qon shahriga kirishda mudhish YTH sodir bo‘ldi. Haydovchining qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida uch kishi vafot etdi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
YTH soat 08:30 larda A-373-B “Qo‘qon shahriga kirish” yo‘li Dang‘ara tumani hududidan o‘tgan qismining 14-kilometrida haydovchi sodir bo‘lgan. Haydovchi U.A. Nexia rusumli transport vositasini boshqarayotib qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi natijasida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi Buvayda tumanida yashagan Y.A. boshqaruvidagi Tico rusumli transport vositasiga xamda uning ortida harakatlanib kelayotgan Furqat tumanida yashovchi J.Z. boshqaruvidagi Lacetti rusumli transport vositasiga to‘qnashgan.
Natijada, Tico rusumli transport vositasi xaydovchisi A.Y. va yo‘lovchisi M.B. hamda “Lacetti rusumli avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchi M.X.lar voqea joyida vafot etishgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025