Qozog‘istondagi o‘zbeklar soni ochiqlandi
Olam
−
30 aprel 25827 1 daqiqa
Qozog‘istonda yashovchi eng ko‘p sonli millatlar birinchi uchligini qozoqlar, ruslar va o‘zbeklar egalladi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy statistika byurosi mutaxassislari e’lon qilgan ro‘yxatda keltirilgan.
Byuro e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda jami 20,3 millionga yaqin turli millat va etnos vakillari istiqomat qiladi.
Qozog‘istonda 1 may – Xalqlar birligi kuni arafasida eng yirik millatlar ro‘yxati e’lon qilindi:
- Qozoqlar – 14 mln 456 ming 709 kishi;
- Ruslar – 2 mln 963 ming 938 kishi;
- O‘zbeklar – 678 ming 487 kishi;
- Ukrainlar – 371 ming 807 kishi;
- Uyg‘urlar – 305 ming 648 kishi;
- Nemislar – 223 ming 272 kishi;
- Tatarlar – 218 ming 926 kishi;
- Ozarbayjonlar – 155 ming 364 kishi;
- Koreyslar – 120 ming 686 kishi;
- Turklar – 91 ming 732 kishi;
- Dunganlar – 86 ming 067 kishi;
- Beloruslar – 74 ming 389 kishi;
- Tojiklar – 58 ming 712 kishi;
- Kurdlar – 51 ming 171 kishi;
- Qirg‘izlar – 40 ming 200 kishi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Markaziy Osiyo davlatlarida yashayotgan aholining etnik tarkibi ma’lum qilingandi. 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda 660,6 ming, Qirg‘izistonda 999,3 ming, Tojikistonda 926,3 ming, Turkmanistonda 642,4 ming va O‘zbekistonda 29,2 million o‘zbek millatiga mansub aholi istiqomat qilmoqda.
Live
Barchasi