Qozog‘istonda zavod portladi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
05 may 4336 1 daqiqa
Bugun, 5 may kuni Qozog‘istonning Ust-Kamenogorsk (Oskemen) shahridagi “Kazsink” MCHJ zavodida katta portlash yuz berdi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, zavodlardan birining hududida changni ushlab qoluvchi qurilma portlab, undan keyin yong‘in yuzaga kelgan va qisman qulash sodir bo‘lgan. Hududda ochiq yong‘in kuzatilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda hodisa oqibatida 6 kishi jabrlangan. Shuningdek, ehtimoliy jabrlanganlarni qidirish ishlari ham olib borilmoqda.
Hodisa joyiga 40 nafar xodim va 10 ta texnika jalb etilgan. Yong‘in maydoni aniqlanmoqda.
Ushbu zavodda 2023 yilda ham yong‘in kuzatilgan edi. O‘shanda yong‘inda halok bo‘lgan 14 kishining oilalariga bir million tengedan berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Adana shahri Sariqhamzali mahallasida joylashgan chiqindini qayta ishlash zavodida kuchli yong‘in chiqqandi.
Live
Barchasi