Qozog‘istonda o‘zbekistonlikning keng ko‘lamli firibgarligi fosh etildi

3-sahifa

image

Qozog‘istonning Pavlodar viloyatida keng ko‘lamli firibgarlik operatsiyasi fosh etildi, uning markazida qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Bu haqda “Inbusiness.kz” nashri xabar berdi. 

O‘zbekitsonlik erkak soxta hujjatlardan foydalanib, mahalliy aholini aldab, o‘zini bank xodimi sifatida ko‘rsatib, ularning nomiga kredit berishga ko‘ndirgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, uning harakatlaridan ko‘rilgan zarar taxminan 260 900 AQSH dollariga baholanmoqda. 

Nashrning qayd etishicha, firibgar yolg‘iz o‘zi harakat qilmagan – uning sheriklari noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, jumladan, pul mablag‘larini yechib olish va boshqa hisob raqamlariga o‘tkazishda yordam bergan. 

“Yil boshidan buyon Pavlodar viloyatida bunday firibgarliklardan ko‘rilgan umumiy zarar 1 million AQSH dollaridan ortiqni tashkil qilgan”, deb yozilgan xabarda. 

Politsiya rasmiylariga ko‘ra, bu mablag‘larning aksariyati xorijga o‘tkazilgan, bu ularni qaytarishni ancha qiyinlashtirgan. Ayni paytda O‘zbekiston fuqarosi va uning sheriklari hibsga olinib, ish ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston firibgarlik jinoyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing