Qozog‘istonda mast ayol IIO xodimini pichoq bilan jarohatladi (video)
Olam
−
17 Oktabr 5370 1 daqiqa
Qozog‘istonning Atirau shahrida mast ayol politsiyachining orqa qismiga pichoq bilan urdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Atirau viloyati politsiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqea 16 oktyabr kuni soat 20:50 atrofida, kichik tumandagi binolardan birida maishiy janjal bo‘yicha qo‘ng‘iroqqa ikki nafar tuman politsiyasi xodimi yetib borganida sodir bo‘lgan.
“Ofitserlar jabrlanuvchilarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar doirasida harakat qilgan. Mojaro ishtirokchisi bo‘lgan janjalni qo‘zg‘atgan erkakni kuzatib borish chog‘ida xonadonda bo‘lgan erkakning mast holatda bo‘lgan rafiqasi oshxona pichog‘i bilan to‘satdan xodimlardan birining orqa qismiga urib, jarohat yetkazgan”, deyiladi xabarda.
Ikkinchi xodim ayolni to‘xtatgan. Jarohatlangan politsiya xodimi Atirau viloyat shifoxonasiga yetkazilgan. Holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Oshxona pichog‘i olib qo‘yilgan. Gumonlanuvchining xatti-harakatlari IIO xodimining bodikamerasiga yozib olingan. Ayol qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.
Ayni vaqtda mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahri aeroportida erkak pichoq bilan aeroport xodimini garovga olgandi. Turkisib tuman sudi 67 yoshli Mashrabbek Baratovni 11 yil yilga ozodlikdan mahrum qilgandi.
Live
Barchasi