Qozog‘istonda 2 kunda 550 dan ortiq bosh chorva nobud bo‘ldi

Olam

image

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Qoraqo‘yan tumani fermerlari chorva mollarining ommaviy nobud bo‘layotganini ma’lum qildi. Mahalliy aholining fikricha, bunga kuchli jala quyishi oqibatida yerlarning botqoqlik va loyga aylangani sabab bo‘lgan. Bu haqda “Lada.kz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 aprel kuni 237 bosh chorva, shu jumladan 100 dan ortiq ot, shuningdek, yuzdan ortiq qo‘y va echki halok bo‘lgan. 21 aprel kuni esa 316 bosh chorva nobud bo‘lgan, ularning asosiy qismi otlar, qolgani qo‘y va echkilar. Umuman olganda, ikki kun ichida tumanda 550 dan ortiq chorva nobud bo‘lgan, ularning qariyb yarmi otlar.

“Hozirgi vaqtda Qoraqo‘yan tumani bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi organlar ishlab chiqarish korxonalari bilan birgalikda, yerlarning yuvilishi va botqoqlanishi munosabati bilan maxsus texnikalarni jalb qilish ishlarini olib bormoqda. Ayni paytda chorva mollari sonini hisobga olish, shuningdek, tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirish ishlari ketmoqda”, deya bayonot bergan mahalliy hokimlik.

Bildirilishicha, dalolatnomalar tuzilib, hayvonlar chiplari orqali identifikatsiya qilingandan so‘ng, veterinariya xizmati bilan birgalikda nobud bo‘lgan mollarni utilizatsiya qilish ishlari boshlanadi. Zararni qoplash masalasi amaldagi qonunchilik doirasida ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Mang‘istovdagi kuchli yog‘ingarchiliklar otlarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston chorva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing