Qozog‘iston Ukrainadagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qildi

Olam

image

Ukrainadagi Qozog‘iston elchixonasi xodimlarining asosiy qismi Polsha poytaxti Varshavaga ko‘chirildi. Bu haqda bugun, 20 oktyabr kuni Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar berdi TASS.

“Endi qolgan xodimlarni ham boshqa joyga ko‘chirishimiz kerak. Diplomatlarning aksariyati Varshavaga ko‘chirildi, elchixona o‘z faoliyatini Varshavadan olib boradi”, deydi Tleuberdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Qozog‘iston elchixonasini to‘liq evakuatsiya qilish haqida hech qanday gap yo‘q. Konsul Kiyevda ham o‘z ishini davom ettiradi va Ukrainadagi qozoq fuqarolarini har kuni qabul qiladi. Shu bois to‘liq evakuatsiya va elchixonani qandaydir vaqtinchalik yopib qo‘yish haqida gapirishga asos yo‘q.

Shuningdek, Ukraina hududida Qozog‘istonning 200 ga yaqin fuqarosi bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

60

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing