Qozog‘iston Rossiya orqali Germaniyaga neft sotish hajmini oshirdi
Olam
−
07 Oktabr 2025 2296 1 daqiqa
Qozog‘istonning “QazMunayGaz” (QMG) kompaniyasi va Germaniyaning Rosneft Deutschland GmbH kompaniyasi Germaniyaga neft yetkazib berish bo‘yicha amaldagi shartnomani 2026 yil oxirigacha uzaytirish haqida kelishuvga erishdi. Yangi shartlarga ko‘ra, har oylik yetkazib berish hajmi 100 ming tonnadan 130 ming tonnagacha oshiriladi. Bu haqdagi ma’lumotni QMG bugun, 7 oktyabr kuni e’lon qilingan press-relizda bildirdi.
Shartnoma shartiga ko‘ra, neft asosan “Karachaganak Petroleum Operating B.V.” kompaniyasi resurslaridan yetkazib beriladi. Bu kompaniya neftni G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida, Rossiya bilan chegarada qazib chiqaradi. QMG qo‘shimcha qilishicha, 2024 yildan boshlab Germaniyaga yetkazib beriladigan neftning bir qismi Kaspiy dengizidagi Qashagan konidan, 2025 yildan esa Tengiz konidan olinadi.
Shartnomani uzaytirish va yetkazib berish hajmini oshirish haqidagi qaror “QazMunayGaz” boshlig‘i Asxat Xasenov va Rosneft Deutschland rahbari Yoxannes Bremer o‘rtasidagi muzokaralar natijasida qabul qilindi. Tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirishdi.
Qozog‘iston neftini Germaniyaning Shvedt shahridagi neft qayta ishlash zavodiga yetkazib berish 2023 yilda boshlangan. Neft “Drujba” neft quvuri orqali Rossiya, Belarus va Polsha hududlari orqali yetkaziladi. 2025 yilning to‘qqiz oyi mobaynida Qozog‘istondan Shvedtdagi zavodga yetkazilgan neftning umumiy hajm taxminan 1,5 million tonnani tashkil etdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025