Qoraqalpog‘istonda Gazel yonib kul bo‘ldi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanida Gazel mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lim bo‘lishicha, kecha 28 yanvar kuni soat 21:04 da Xo‘jayli tumani “Bog‘mon” MFY Nukus-Xo‘jayli guzari yo‘lida harakatsiz turgan Gazel rusumli avtomobilning motor va salon qismida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in joyiga Xo‘jayli tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan 2 ta yong‘in qutqaruv ekipaji yetib borgan va yong‘in o‘chirilgan.

Ayni vaqtda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida BMW mashinasi yonib ketgani haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in Qoraqalpog'iston Gazel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing