Qonun ustuvorligi indeksi yangilandi. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Jamiyat

image

O‘zbekiston 2025 yilgi Qonun ustuvorligi indeksida 0,50 ball to‘pladi va 143 davlat orasida 81-o‘rinni egalladi. Yangi reyting “World Justice Project” xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

Mamlakatlar reytingi sakkizta mezon asosida tuziladi: hukumat vakolatlariga cheklovlar, korrupsiyaning yo‘qligi, hukumatning ochiqligi, asosiy huquqlarni himoya qilish, huquq-tartibot va xavfsizlik, qonun ustuvorligi, fuqarolik adolati hamda iinoiy adolat.

O‘zbekiston hukumat vakolatlariga cheklovlar qo‘yilishi bo‘yicha 143 davlat ichida 0,37 ball bilan 114-o‘rinni, korrupsiyaning mavjud emasligi bo‘yicha esa 0,47 ball olib, 67-o‘rinni band etgan. Hukumatning ochiqligi borasida rasmiy Toshkent salbiy ko‘rsatkichga ega, bu borada u 120-o‘rinda. Aholining asosiy huquqlari himoya qilinishi bo‘yicha mamlakat 100 talikka ham kirmagan ( 0,43 ball bilan 110-o‘rinda).

Huquq-tartibot va xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston juda yaxshi natijaga erishgan. Mamlakat ushbu yo‘nalish bo‘yicha kuchli 20 davlat qatorida. Qonun ustuvor ekani, qonunlarning ishlashi bo‘yicha olib qaralganda mamlakat 100-o‘rinda. Qolgan ikki yo‘nalishda esa 73 va 68-o‘rinlarda.

MDH davlatlari orasida Qozog‘iston 66, Belarus 105, Qirg‘iziston 104-o‘rinni egallagan. Rossiya 119-o‘rinda. Reytingda Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston va Ozarbayjon ishtirok etmagan.

Qonun ustuvorligi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni Daniya egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Yangi Zelandiya egalladi. Oxirgi o‘rinlarda Venesuela, Afg‘oniston, Kambodja, Gaiti va Nikaragua qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Global Rule of Law Index”ning 2024 yilgi yangilangan reytingida O‘zbekiston 2016 yildan beri birinchi marta mamlakatlardagi qonun ustuvorligini ko‘rsatuvchi indeksda pastlagandi. Unda O‘zbekiston 142 davlat orasida 83-o‘rinni egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH O'zbekiston Qonun ustuvorligi indeksi World Justice Project

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing