Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi 

Jamiyat

image

Kecha, 15 sentyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. 

Maqsud Ismoilovich Ro‘zmetov  O‘zbekiston Respublikasi  Qishloq xo‘jaligi vazirining Yerlardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. 

Saidkamol Saidkarimovich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Shuhrat Shaxabutdinovich  Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining Moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha  o‘rinbosari etib tayinlandi.

Botirjon Abdushukurovich Sulaymonov Vazirning fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari - Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori etib tayinlandi.

Yig‘ilishda sohaga doir boshqa tayinlovlar ham amalga oshirildi. 

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning fikrlari tinglandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing