Qirg‘izistonning eng go‘zal qizi aniqlandi (video)

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 24 sentyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda “Miss Qirg‘iziston” milliy go‘zallik tanlovining finali bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatning eng chiroyli va iqtidorli qizlari ishtirok etgan. Bu haqda “24.kg” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, “Miss Qirg‘iziston – 2025” unvoniga Ayana Rasul qizi sazovor bo‘lgan. U bu g‘alabani katta sharaf va mas’uliyat deb atab, toj bilan birga 200 ming somlik (taxminan 28 mln so‘m) sertifikatni ham qo‘lga kiritgan.

“Ayollarimiz o‘ziga ishonishi kerak. Mehnat, qat’iyat va vatanga bo‘lgan muhabbat doim g‘alabaga olib keladi”, deydi Ayana natijalar e’lon qilingach.

Shuningdek, hakamlar hay’ati yana uch ishtirokchiga Gran-pri taqdim etgan:

  • Anora Esongaldiyeva “Miss Kyrgyzstan Universe” unvonini olib, “Miss Universe” tanlovida Qirg‘iziston sharafini himoya qiladi;
  • Madina Ermekova “Miss Kyrgyzstan Grand International” bo‘lib, “Miss Grand International” sahnasida qatnashadi;
  • Syuzanna Umetova esa “Miss Kyrgyzstan International” unvonini olib, “Miss International” tanloviga yo‘llanma olgan.

Ma’lumot uchun, Ayana mashhur qo‘shiqchi Aygerim Rasul qizining singlisi va Qirg‘iziston xalq artisti Rasul Mamatqulovning qizi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada turmush qurgan ayollar o‘rtasida 25-umumrossiya go‘zallik tanlovi – “Missis Rossiya – 2025” o‘tkazilib, ushbu unvonga Magnitogorskda yashovchi 37 yoshli Yekaterina Semenova sazovor bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Miss Qirg'iziston Ayana Rasul qizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar